Madridning "Real" klubi va Xorvatiya terma jamoasi yarimhimoyachisi Luka Modrich final yo'llanmasini qo'lga kiritgan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Hozirda meni "Oltin to'p" umuman qiziqtirayotgani yo'q. Oldinda JCH finali bor, mening bor xayolim ushbu turnir haqida. Fransiya - eng kuchli raqiblardan biri. Umid qilamanki, ularga kuchimiz yetadi", - deydi Modrich.
Ma'lumot uchun, Luka Modrich ushbu turnirda hozirda eng ko'p o'yinning eng yaxshi futbolchisiga atalgan sovrinni yutdi va so'zsiz turnirning eng yaxshi futbolchisi bo'lib turubdi. Shuningdek, u may oyida Chempionlar Ligasida ham zafar quchdi.
Bobojonov