"Real" himoyachisi Marselo "Yuventus"ga o'tgan hujumchi Krishtianu Ronaldu bilan xayrlashdi.
"Xayrlashadigan vaqt keldi. Qasam ichaman, bunday bo'lishini kutmagan eedim. Ammmo bu dunyoda hech narsa abadiy emas. Umid qilamanki, yangi sarguzashtlaringda baxtiyor bo'lasan.
Biz 10 yil birga o'ynadik, 10 yil shodlik, yaxshi futbol, g'alabalar, mag'lubiyatlar va aoyib damlar. Sendan ko'p narsani o'rgandim. Sening sodiqliging - sportchilar orasida men ko'rgan eng zo'r sifat.
Sening o'yin oldidan aytadigan nutqlaringni sog'inaman. Sen bilan, nafaqat dunyoning eng zo'r o'yinchi, balki, ajoyib inson bilan birga o'ynaganimdan faxrlanaman", - deb yozadi Marselo.