“Real” yarim himoyachisi Garet Beyl kelajagi haqida hali bir qarorga kelmadi. Eski mavsum tugashi bilan Beylning agenti Angliya klublaridan takliflar qabul qilishni boshlagandi va bu borasida rahbariyat bilan uchrashgandi.
Zinedin Zidanining jamoadan ketishi va har xil tadbirlar ushbu jarayonni to'xtatib qo'ydi.
Krishtianu Ronaldu “Yuventus”ga o'tganidan so'ng, Beylning vakillari rahbariyat bilan tashkil qilgan uchrashuvni bekor qilishdi.
Beyl bosh murabbiy Xulen Lopetegi bilan uchrashib kelajagi haqida suhbat qurmoqchi. 28 yoshli futbolchi Lopetegidan kelajagda jamoadagi o'rni haqida bilib olmoqchi. Beylning maqsadi “Real”da qolish, lekin ikkinchi rolda emas.