Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Ronalduning muxlislarga yo'llagan xayrlashuv xati

Прощальное письмо Роналду

"Madrid" bilan o'tkazgan yillarim balki xayotimdagi eng baxtli onlarimdir. Menda bu jamaoga nisbatan katta minnatdorchilik bildiraman muxlislarga va shaharga ham. Hali hamon menga nisbatan mehribonliklari uchun barchaga o'z rahmatimni bildiraman.

Shunday bo'lsa-da, hayotimda yangi bosqichga qadam qo'yish vaqti kelgan, deb hisoblayman. Shuning uchun ham klubdan meni transferga qo'yishlarini so`radim. Hissiyotlarim shunday yo'l tutishga undadi. Hammadan, ayniqsa muxlislarimizdan meni to'g;ri tushunishlarini iltimos qilaman.

Bu yerda 9 mavsum o'tkazdim. Bu yillar juda muvaffaqiyatli bo'ldi, garchi qiyin damlar bo'lgan bo'lsada. Chunki "Madrid"da talab juda yuqori.

Maydonda va kiyinish xonasida juda ajoyib jamoadoshlar davrasida bo'ldim. Ularning orasida yoqimlilikni xis etib o'ynadim. Biz ketma-ket uch marta chempionlikka erishdik, besh yilda to'rt marta g'olib bo'ldik. Ularning yordami bilan shaxsiy sovrinlar, 4 ta "Oltin to'p" va 3 ta "Oltin butsa" sovrinlarini yutganimdan qoniqish tuyg'usini sezyapman. Bu yerdaligimda doim buyuk va o'ziga xos klubda ekanimni bilib turardim.

"Madrid" mening yuragimdan joy olgan, shuningdek, oilamning ham. Shuning uchun ham hozir har doimgidand koproq rahmat aytmoqchiman: klubga, prezidentga, direktorlarga, jamoadoshlarimga, barcha texnik xodimlarga, shifokorlarga, fizioterapevtlar va klubning eng mayda yumushlarini ham bajarib kelayotgan barcha-barcha xodimlarga chuqur minnatdorchilik bildiraman.

Muxlislarga cheksiz tashakkurlarim. Ispaniya futboliga ham rahmat. 9 yil davomida buyuk futbolchilarga qarshi to'p surdim. Ularning barchasiga hurmat va ehtiromimni bildiraman.

Men uzoq o'ylab, yangi davr boshlanadigan payt kelganini tushundim. Men ketyapman, biroq qayerda bo'lsam ham, bu libos, bu maydon va "Santiago Bernabeu" xuddi o'zimnikidek bo'lib qolaveradi.

Barchaga rahmat. Stadionimizda bundan 9 yil muqaddam aytganimni yana bir bor takrorlayman: Hala Madrid!

Bobojonov

BestMaster
11 Iyul 2018, 00:30
ronalduning, muxlislarga, yollagan, xayrlashuv, xati,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Barcha fikrlar: 1
 alyosha  
Sag bol Ranaldu real endi chempion bola olmaydi
11 Iyul 2018, 11:13
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads