"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu turli klublar e'tiborini tortib kelmoqda, deya xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, nomi oshkor etilmayotgan Xitoy klublaridan biri portugaliyalik futbolchi uchun 200 mln evro taklif qilmoqda, uning o'ziga yiliga 120 mln evro maosh to'lamoqchi. Agar bu transfer amalga oshsa, bu rekord darajadagi maosh bo'ladi.
Ta'kidlash joizki, xitoy klubi rahbariyati bu ishga o'ta jiddiy kirishgan va kelasi haftada Madridga uchib kelishi va madridliklar prezidenti Florentino Peres bilan uchrashishi kutilmoqda.
Avvalroq, "PSJ", "Monako" va "Manchester Yunayted" Ronaldu uchun 180 mln. evro taklif qilayotganlari xabar qilingan edi.