Krishtianu Ronaldu «Yuventus» safiga o'tib ketadigan bo'lsa, «Real» u bilan xayrlashish marosimini tashkil qilmoqchi emas. "Qirollik klubi" rahbariyati portugaliyalik futbolchining bu boradagi birorta iltimosini bajarmoqchi emas.
"Real" prezidenti Florentino Peres hujumchining so'nggi oylardagi o'zini tutishidan ranjigan. Shu bois, Krishtianu bilan xayrlashish marosimi uchun hech qanday reja tuzilmaydi. Ronaldu faqat ijtimoiy tarmoqlar orqali "Real" muxlislari bilan xayrlashishi mumkin.
So'nggi tarqatilgan ma'lumotlarga qaraganda, madridliklar Ronalduni 130 million evrodan kamiga sotmoqchi emas.