Portugaliya terma jamoasining bosh murabbiyi Fernandu Santush Konfederatsiyalar kubogi musobqasi oldidan o'z shogirdlarining jismoniy tayyorgarligi haqida gapirdi.
"Hozir bu bosqichda yuz foizga tayyor o'yinchilar yo'q. Buning iloji yo'q.
Jismoniy charchoqni ma'naviy-irodali sifatlar bilan engio' mumkin. Mening o'yinchilarim bunga qodirlar deb o'ylayman.
Krishtianu Ronaldu? U dunyoning eng yaxshi o'yinchisi, buni besh-olti yildan buyon ta'kidlab kelyapman. U ajoyib sardor, o'z ortidan eng yaxshi o'yinchilarni ergashtira oladi", - deydi Santush.
Portugaliya termasi A guruhida Rossiya, Meksika va Yangi Zelandiya termalari bilan kurash olib boradi.