"Latsio" yarimhimoyachisi Sergey Milinkovich-Savich faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin, deya xabar beradi AS.
Manbaga ko'ra, madridliklar bu futbolchi uchun 155 mln evro berishga tayyorlar. "Real" bu qimmat transferni Ronalduning "Yuventus"ga transferidan tushadigan pulga amalga oshirmoqchi.
"Manchester Yunayted", "Barselona" va "PSJ" klublari qiziqayotgan serbiyalik 23 yoshli futbolchi yoshligidan "Real" muxlisi.