"Real" klubi "Yuventus"ga o'tishga yaqin turgan Krishtianu Ronalduga o'rinbosar qidirmoqda.
Qirollik klubi turinliklar bilan muzokaralarni davom ettirmoqda va transfer summasi 130 mln evro bo'lishi aytilmoqda.
Bundan tushgan pulga madridliklar ikkita hujumkor yulduzni taklif qilmoqchilar.
Ulardan biri "Chelsi" yarimhimoyachisi Eden Azar, u ayni damda Belgiya termasi bilan JCh-2018da ishtirok etmoqda.
Ikkinchi nomzod Mauro Ikardi ("Inter") yoki Robert Levandovski ("Bavariya") bo'lishi mumkin.