"Real" prezidenti Florentino Peres Krishtianu Ronalduning transferidan 150 mln evro ishlab olmoqchi, deya xabar beradi La Stampa.
Manbaga ko'ra, Ispaniya grandi bossi 33 yoshli futbolchining bahosini 130 mln evrogacha kamaytirishga tayyor.
Italiya OAV xabarlariga ko'ra, "Yuventus" Ronalduning Turinga kelishiga shubha qilmayapti.
Avvalroq, Ronaldu uchun belgilangan 1 mlrd evro tovon puli 100-120 mln evroga kamaytirilgani, ammo bu summa "PSJ" va "Barselona" klublari uchun o'zgarmas bo'lib qolishi xabar qilingan edi.