Oxirgi kunlarda butun dunyo, matbuot xizmati, turli nashrlar bir inson haqida gapirmoqda. Ko’chada, ishda, oila davrasida, ulfatlar orasida, hattoki tushlarda ham u tilga olinmoqda Bu shaxs ayni vaqtlarda kunning eng dolzarb mavzusiga aylandi desam yanglishmagan bo’laman. Zamonamizning eng kuchli futbolchilaridan biri, Real Madridning afsonaviy charm to’p ustasi Krishtianu Ronaldu barchamizning diqqat markazimizda turibdi. 10 yil davomida “Qirollik” klubi uchun borini bergan portugaliyalik yulduz, Turinning “Yuventus” klubi futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqida hamma joyda turli xil fikrlar yangramoqda. Uni ketishi klubga foyda,bu orqali yangi davr boshlanadi, u endi keksayib qoldi degan insonlar atrofimizda yetarlicha topiladi. Kimdir xozirdan xafachilik kuyini o’zi uchun qo’yib olgan bo’lsa, ba’zilar esa ko’kragiga shamol tekkanidan xursand. Bu ta’biy hol hisoblanishi barchamizga sir emas. Eng kuchli klubning eng zo’r futbolchisi klubni tark etsa, albatta qo’shtirnoq ichidagi muxlislar uchun bu bayramday gap. Xo’sh Krishtianu Ronalduning ketishi kim uchun foydayu, kim uchun zarar? Krishtianu Ronaldu ketishi kerakmi? Shu mavzuda muxlislar fikri bilan qiziqib ko’rdik, Sizlarga Davomi...