"Real" o'z hujumchisi Krishtianu Ronalduni 100 mln evro evaziga "Yuventus"ga sotishga rozi bo'ldi, bir shart bilanki, klubni tark etishi haqida futbolchining o'zi rasman e'lon qilishi kerak, deya xabar beradi Marca va Cadena Cope nashrlari.
Ta'kidlanishicha, portugaliyalik futbolchining turinliklar safiga o'tishiga qishdayoq og'zaki hal qilingan. Shuning uchun oxirgi so'z madridliklar prezidenti Florentino Peresda qolgan.
Ammo "Real" rahbariyati ham futbolchining ketishidagi ma'suliyatni o'zidan soqit qilmoqchi. Bu degani Ronaldu matbuot anjumani tashkil qilib, klubdan ketishi haqida rasman e'lon qilishi kerak.