Portugaliya terma jamoasi a'zosi Krishtianu Ronalduning “Real”dan qachon ketishi ma'lum bo'ldi.
Ushbu haftada 33 yoshli futbolchining “Yuventus”ga o'tishi haqidagi xabarlar urchib ketgandan so'ng “Marca” nashri hujumchi “qirollik klubi”ni yanvarda tark etishni rejalashtirgani haqida ma'lumot tarqatdi.
Bunga Ronaldu o'zi: “Agar narximni 100 million degan bo'lishsa, demak, ular (“Real”) meni yoqtirmaydi”, deya izoh bergan.
Shuning uchun, u mavsum so'ngida jamoani tark etishini aytgan edi. Shuningdek, Evropa chempionlar ligasi finalidan so'ng bergan intervyusida ketishi haqida sha'ma qilgandi.
Hozirda, Ronalduni sotib olish bo'yicha “Yuventus” etakchilik qilmoqda. Qolaversa, Krishtianu “byankoneri” darvozasiga chalqancha gol urganida “keksa sinora” muxlislari Ronalduni oqishlashgandi. Portugaliyalik futbolchining ketishiga ham shu sabab bo'lishi mumkin.
Akmalxon Eshonxonov tarjimasi.