"Real Sosedat" prezidenti Xoakin Apperibay hozirgi kunda Ispaniya poytaxti Madrid shahrida bo'lib turubdi. Prezident jamoa himoyachisi Alvaro Odriosola transferini yakunlash uchun "Qirollik klubi" ofisiga tashrif buyurdi.
Marca nashrining xabariga ko'ra tomonlar transferning barcha detallarini kelishib olishgan bo'lib Alvaro "Qirollik klubi"ga 40 mln yevro evaziga ko'chib o'tadigan bo'ldi. 22 yoshli bask futbolchisi yarim yil oldin "Real" nigohiga tushgan edi va muntazam ravishda Xulen Lopetegi tomonidan terma jamoaga jalb qilindi.
Endilikda Xulen "Madrid" ruliga o'tirganidan song o'ng qanot himoyachisining transferi tezlashdi. Hozirgi transfer yakunlanish arafasida va yaqin soatlar ichida rasman e'lon qilinishi kutilmoqda.
Bobojonov