"Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduning agenti Jorje Mendesh kuni kecha Madridda "Qirollik klubi" prezidenti Florentino Peres bilan shoshilinch muzokara o'tkazdi.
Uchrashuvda klub bosh direktori Xose Anxel Sanches ham ishtirok etdi.
Tomonlar madridliklar safidagi ahvolidan norozi Ronalduning kelajagini muhokama qildilar.
33 yoshli portugaliyalik o'z agentiga "kurashdan charchagani" va "boshqa jang qilmasligini" aytgan. Ronaldu 100 mln evro tovon puli evaziga Madridni tark etishga tayyor.
Avvalroq, Ronaldu Turindan uy qidirayotgani xabar qilingan edi.