"Real" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Yuventus"ga o'tishga yaqin turibdi. Portugaliyalik futbochli 2 haftadan beri Turin shahridan o'ziga uy qidirmoqda.
Avvalroq ispan nashrlaridan biri "Qirollik klubi" Krishtianuni 100 mln evro evaziga "Yuve"ga sotishga rozi bo'lgani haqida xabar tarqatgandi. Eslatib o'tamiz, Ronaldu katta maosh talab qilayotgani bois, "Real" futbolchini shartnomadagi tovon puliga nisbatan 10 baravar arzon narxga sotishga majbur bo'lmoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda, "qaymoqranglilar" prezidenti Florentino Peres "PSJ" hujumchisi Neymarni xarid qilishni orzu qilmoqda. Shu bois, jamoa Ronaldu talab qilgan maoshni to'lamoqchi emas.