"Milan" darvozaboni Janluiji Donnarummaning agenti Mino Rayola "Real" prezidenti bilan uchrashuvda o'zining 18 yoshli mijozi xizmatlarini taklif qildi, deya xabar beradi Football Italia.
Xabarga ko'ra, Peres Rayolaga aniq javob bermagan, ammo avvalro "Real" vakillari jamoaning hozirgi posboni Keylor Navasni omma oldida qo'llab-quvvatlaganlar.
Avvalroq, "Milan" Rayolaning rejalarini buzish maqsadida Donnarummani "Real"ga sotishga tayyorligi haqida xabar tarqalgan edi. Milanliklar 16 iyunda yosh darvozabonning shartnomasini uzaytirish borasida javobini kutishmoqda.