"Real" matbuot xizmati "PSJ" hujumchisi Neymar uchun 310 mln evro taklif qilgani haqidagi xabarni inkor qildi.
Bu haqda TVE telekanali xabar tarqatgan edi.
"Real"ning bayonotida aytilishicha, kecha tunda TVE tarqatgan xabar iutlaqo yolg'on. "Real" futbolchi yoki "PSJ"ga hech qanday taklif bildirgani yo'q.
"Ispaniyaning jamoat televideniesi mutlaqo yolg'on axborot tarqatganidan "Real" aablanmoqda, kanal vakillari inkor qilish oson bo'lgan ma'lumotni tekshirish uchun tomonlardan hech biri bilan bog'lanmagan", - deyiladi madridliklar bergan bayonotda.