El Chiringuito jurnalisti Fransisko Buyo JCh-2018 startiga bir kun qolganida Ispaniya futboli rahbari Luis Rubialesni Xulen Lopetegining iste'fosiga ko'ndirgan inson nomini aytdi.
"Andres Subies, Kataloniya futbol federatsiyasi prezidenti Lopetegini iste'foga chiqarish uchun Rubialesni ko'ndirgan", - deydi Buyo.
Eslatib o'tamiz, Lopetegi "Real" bilan kelishib qo'ygani uchun JCh-2018 doirasida birinchi o'yinga bir kun qolganida iste'foga chiqarilgan edi.