Ispaniyaning Marca nashri xabariga ko'ra "Chelsi" darvozaboni Tibo Kurtuani Madridga qaytarish niyatida.
"Qirollik klubi" braziliyalik darvozabon Alisson uchun 70 mln yevro to'lamoqchi emas. Yuqoridagi nashr xabariga ko'ra Kurtuaning transferi osonroq kechadi. Sababi "Chelsi" bilan darvozabon yangi shartnomaga kelisha olishmadi. Shu sababli londonliklar Tiboni ushbu yozda sotishmasa keyingi yozda golkiper tekinga istagan klubiga o'tib ketishi mumkin.