Krishtianu Ronaldu yaqin orada Portugaliya terma jamoasidagi faoliyatini yakunlayotganini e'lon qiladi.
Ammo futbolchi klubdagi faoliyatini davom ettiradi. U professional faoliyatini 41 yoshgacha davom ettirishni rejalashtirmoqda.
Urugvayga qarshi o'yindan keyin Krishtianu terma jamoadagi faoliyati haqida berilgan savolga javob berar ekan, hozir buni muhokama qiladigan payt emasligini ta'kidladi.
Ronaldu Portugaliya terma jamoasi safida 2003 yildan beri o'ynab kelmoqda.