Portugaliya terma jamoasi etakchisi Krishtianu Ronaldu yaxshi kayfiyatda Urugvayga qarshi bo'ladigan nimchorak final bahsiga tayyorgarlik ko'rmoqda.
Futbolchi mashg'ulot paytida g'aroyib zarba bilan darvozani ishg'ol qildi. 33 yoshli futbolchi darvoza ortidan aylanma zarba bilan to'pni darvozaga kiritishga muvaffaq bo'ldi. Bundan tashqari, uning zarbasidan keyin to'p darvoza ichidagi boshqa to'pga ham tegdi.
Krishtianuning mazkur zarbasini Portugaliya terma jamoasining boshqa futbolchilari takrorlay olishmadi.
Eslatib o'tamiz, xuddi shunday golni Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar ham urgandi.