"Real"ning sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello madridliklar rulida Zinedin Zidanning muvaffaqqiyatli ishiga baho berdi.
"Chempionlar ligasida ketma-ket ikki marta g'alaba qozonish men uchun kutilmagan bo'ldi. Zidan xarizmaga ega, shuning uchun "Real" kiyinish xonasida har doim xotirjamlik. Zizuning o'zi ham juda kamtarin inson, bu o'zgacha fazilat. U shunngdek, jamoani taktik rejada boshqaradi. U "Real"ga biroz italyancha usulni olib kirdi. "Real" nafaqat hujum qiladi, balki, himoyalana oladi ham. Buni yaxshi bajaradilar", - deydi Kapello.
Zinedin Zidan 1996 dan 2001 yilgacha Italiyada "Yuventus" safida o'ynagan, keyin "Real"ga yo'l olgan. 44 yoshli mutaxassis Ispaniya chempioni bo'ldi, ikki marta EChL g'olibi, UEFA Superkubogi va klublar o'rtasida jahon chempionati g'olibi bo'ldi.