"Madrid" himoyachisi Ashraf Xakimi faoliyatini "Borussiya Dortmund"da davom ettirishi mumkin, bu haqida Kicker nashri xabar beradi. Berilgan xabarlarga ko'ra 19 yoshli himoyachi ijara asosida dortmundliklar tarkibiga borib qo'shiladi.
OAV xabariga ko'ra Xakimi "Borussiya" tarkibida Lukash Pishchek o'rniga o'rinbosar sifatida qaralmoqda. Shuningdek, "Napoli", "Betis" va "Sevilya" ham qiziqish bildirmoqda.
Eslatib o'tamiz, Xakimi 19 yoshida Marokash tarkibida JCH-2018 baxsida 3 ta uchrashuvda ham 90 daqiqa harakat qildi.
Bobojonov