Kanterano "ko'klar" tarkibiga borib qo'shildi.
Omar Maskarell, so'nggi ikki mavsumda "Ayntraxt" (Frankfurt) tarkibida ajoyib mavsum o'tkazgan "Real Madrid" tarbiyalanuvchisi "Shalke 04" klubiga borib qo'shildi. "To'g'"liklar Maskarell uchun 10 mln yevro to'ladi va buning 6 mln yevrosi "Real"ga tegdi, 4 mln esa "Ayntraxt"ga. Futbolchi 2022-yilga "Shalke" bilan shartnoma imzoladi. Oldinroq berilgan xabarga ko'ra 24 yoshli yarimhimoyachiga "Bavariya" ham qiziqish bildirayotgani haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, "Madrid" ham uni ortga qaytarishi haqida xabarlar berilgan edi.
Eslatib o'tamiz, "Qirollik klubi" Maskarellni sotib olish huquqini xamon o'zida saqlab qoldi.
Bobojonov