"Madrid" himoyachisi Ashraf Xakimi Jahon chempionatida ishtiroki yakuniga yetganidan so'ng kelajagi haqida gapirib o'tdi. 19 yoshli marokashlik futbolchi Xulen Lopetegi bilan o'z kelajagi borasida suhbat qurishini aytib o'tdi.
"Menga jahon chempionatidagi ishtirokimiz manzur bo'ldi, nafaqat Ispaniya bilan o'yin. Men o'z terma jamoam bilan va muxlislarimiz bilan faxrlanaman. Ispanlarga esa turnirda eng yuqori maqsad tilayman.
"Madrid"dagi kelajagim haqida gapiradigan bo'lsam, yozda jamoaga yangi murabbiy keldi. Men Madridga qaytishimi va Lopetegi bilan suhbatlashim olishim kerak."Madrid"da qolishni istayman, bu klub mening xayotim va klub libosini himoya qilishdan baxtiyorman. Ammo kuzatamiz kelajagim nima bo'ladi", - deydi Ashraf.
Bobojonov