Britaniyaning The Sun nashri JCh-2018da o'zini ko'rsata olmayotgan futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani tuzib chiqdi.
Ushbu tarkibdan ancha-muncha taniqli futbolchilar o'rin olishgan. Darvozalan David de Xea o'rin egallagan bo'lsa, himoyada Serxio Ramosni ko'rishimiz mumkin. Hujum chizig'i esa Lionel Messi va Robert Levandovskiga "ishonib" topshirildi.
Ramziy terma jamoa:
David De Xea (Ispaniya), Jerom Boateng (Germaniya), Fidel Eskobar (Panama), Igor Smolnikov (Rossiya), Serxio Ramos (Ispaniya), Tomas Myuller (Germaniya), Paulino (Braziliya), Bleyz Matyuidi (Frantsiya), Lionel Messi (Argentina), Robert Levandovski (Polsha) va Timo Verner (Germaniya).