Argentina terma jamoasi nimchorak finalda Frantsiyaga qarshi to'qnash keladi. Mazkur o'yin 30 iyun kuni Qozon shahrida bo'lib o'tdi.
«Biznes Online» nashri tarqatgan xabarga ko'ra, Qozonda jahon chempionati uchun 2ta mehmonxona litsenziyadan o'tkazilgan: «Ramada» va «Miraj».
Frantsiya terma jamoasi «Miraj» otelini tanlashdi. Boisi, ular guruh bosqichining 1-turi doirasida bo'lib o'tgan Avstraliyaga qarshi o'yin paytida ushbu mehmonxonada istiqomat qilishgandi.
Argentina uchun «Ramada» oteli qolmoqda. Qiziq tomoni, ushbu mehmonxona yonida joylashgan binoning tashqi fasadiga Krishtianu Ronalduning ulkan surati tushirilgan. Argentinaliklar "Ramada" derazalarini ochishsa, portugaliyalik futbolchining suratiga ko'zlari tushadi.