Madridning "Real" klubi yarimhimoyachisi Lukas Silva ushbu yozda Braziliyaning "Kruzeyro" klubini 30-iyunga qadar tark etadi.
Shu vaqtgacha futbolchining ijara shartnomasi tugaydi va "Qirollik klubi" uni qaytarib olishi kerak. Shartnomaga ko'ra "Real" uning maoshini yarmini to'lashi kerak bo'ladi, biroq "qaymoqrang"lilar buni qilishni xohlashmayapdi.
Shu sababli, endilikda braziliyalik futbolchi faoliyatini istalgan klubda "Qirollik klubi"ning roziligisiz davom ettirishi mumkin. Hozirgi kunda unga "Selta" klubi qiziqish bildirmoqda.
Bobojonov