Kanterano Bundesligada qolishi mumkin.
Madridning "Real" klubi tarbiyalanuvchisi Omar Maskarell ushbu mavsumda "Ayntraxt" klubida juda yaxshi mavsum o'tkazdi va Germaniya kubogini qo'lga kiritdi. Hozirgi kunga kelib esa ispaniyalik yarimhimoyachiga bir qator klublar qiziqish bildirmoqda.
So'nggi ma'lumotlarga ko'ra esa "Real Madrid" o'z tarbiyalanuvchisini shartnomada ko'rsatilganidek 4 mln yevro evaziga qaytarib olishi kutilayotgan edi.
Germaniyaning Bild nashri xabariga ko'ra Omarga "Shalke 04" klubi ham jiddiy qiziqmoqda va 12/15 mln yevro atrofida pul ajrtagan. Shuningdek, Myunxenning "Bavariya" klubi ham 24 yoshli futbolchiga xaridor.
Bobojonov