Gollandiyaning "PSV Eyndxoven" klubi yarimhimoyachisi Irving Lozano "Real Madrid" va "Barselona" unga qiziqayotgani haqida gapirib o'tdi.
"To'g'risini aytsam, ikkita buyuk klub menga qiziqayotgani haqida eshitib juda xursand bo'ldim. "Madrid" yoki "Barsa"? Men ikkala jamoada ham to'p surishni istayman. Hozir esa o'zimni xotirjam tutishim kerak. Men jahon chempionatida ishtirok etmoqdaman va bu menga yoqmoqda", - deydi yarimhimoyachi.
Eslatib o'tamiz, Lozano Meksika terma jamoasini Mundialda himoya qilmoqda.
Bobojonov