"Bavariya" yarimhimoyachisi Tiago Alkantara "Barselona"ga qaytmoqchi.
Kataloniyaliklar bosh murabbiyi Ernesto Valverde 27 yoshli futbolchini yaqinda klubni tark etgan Andres Inestaning o'rnida ko'rmoqda.
"Bavariya" Alkantarani 70 million evroga sotishga tayyor. Ammo "Barsa" kelishuvga Lyuka Dinni qo'shsa, bu summa kamayishi mumkin.
Alkantaraga "Real" ham qiziqmoqda - madridliklarning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi futbolchi bilan Ispaniya termasida birga ishlagan.
Ammo Alkantara "Kamp Nou"ga qaytmoqchi.