"Real" darvozaboni Keylor Navas Kosta-Rika termasi safida KONKAKAFning "Oltin kubok" musobaqasida ishtirok etmaslikka qaror qildi, deya xabar beradi AS.
Futbolchi ushbu musobaqaning o'tkazilish muddatlarini nazarda tutgan holda bu qarorga keldi: musobaqa 7 dan 22 iyulgacha AQShda bo'lib o'tadi. "Real" esa yangi mavsumga tayyorgarlikni 10 iyul kuni boshlaydi. Navas klubning asosiy tarkibidagi o'rnini yo'qotishni istamaydi va mavsumoldi tayyorgarlikni boshidan boshlamoqchi.
Avvalroq, "Real" "Manchester Yunayted"dan David De Heani sotib olmasligi ma'lum bo'lgan edi. Ammo madridliklar "Milan"ning 18 yoshli posboni Janluiji Donnarumma atrofida bo'layotgan voqealarni diqqat bilan kuzatmoqdalar.