"Yuventus" hujumchisi Paulo Dibala EChL yarimfinalida "Monako"ga qarshi javob uchrashuvidagi g'alabadan so'ng (2:1) niyatlari bilan o'rtoqlashdi.
"Bu hamma uchun ajoyib kecha bo'ldi. Biz o'z maqsadimizga etdik, buni mavsumoldi tayyorgarlik vaqtida orzu qilgan edik. Bu mavsumda juda ko'p o'yin o'tkazdik, bu hali hammasi emas.
Biz finalda g'alaba qozonmoqchimiz. Jamoamning g'alabasida hal qiluvchi rolni o'ynamoqchiman. Bu kechani hech qachon unutmayman, ammo yana qiladigan ishimiz ko'p", - deydi Dibala.