Argentina terma jamoasi Xorvatiyaga yirik hisobda yutqazib qo'yib, guruhdan chiqish imkoniyatini keskin pasaytirib yuborgandi.
Ma'lumki, mazkur jahon chempionatini "Oltin to'p"ga da'vogar futbolchilar orasida norasmiy musobaqa deya baholashimiz. Mazkur yilda "Oltin to'p" uchun kurash asosan Ronaldu, Saloh va Messi o'rtasida kechishi kutilmoqda. Misrlik futbolchining Mundialdagi yurishi guruh bosqichida yakuniga etadigan bo'ldi. Agar Argentina pley-offga chiqa olmasdan, Portugaliya JChda uzoqroqqa boradigan bo'lsa, Krishtianu Ronalduning imkoniyatlari ancha oshadi.