Ispaniyalik murabbiy Xulen Lopetegi jamoaga kelganidan so'ng Markos Llorente va Daniel Sebalyos borasida vaziyat o'zgarishi mumkin. Ikkala futbolchi ham hozirda jamaoda yetarli amaliyotga ega emasligidan norozi holatda va klubdan ketishga tayyor.
Hozir esa Markos va Sebalyos Lopetegi bilan suhbatdan so'ng jamoada qolishga tayyor, biroq yakuniy qaror mavsumoldi tayyorgarliklardan so'ng qabul qilinadi. Aytib o'tish kerakki 51 yoshli mutaxasis yoshlar bilan ishlashni yaxshi ko'radi. U ispaniyaning barcha yosh toifasidagi terma jamoalarini boshqarishga ulgurgan. Va Ispaniya U-19 hamda U-21 terma jamaosi bilan Yevropa chempioni bo'lgan edi.
Bobojonov