Ispaniya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Fernando Yerro ham "Real" yarimhimoyachisiga ishonmoqda.
"Men ancha oldin Iskoni La-Rioxada o'tkazilgan xalqaro turnirda "Valensiya" yoshlar jamoasida to'p surayotgan paytidan beri bilaman. O'shanda Isko 15 yoshda edi va men unda ulkan talantni ko'rganman. Maydonda 10 daqiqa uning o'yinini tomosha qilganimdan so'ng esa hammasini tushinib yetganman. Biz uchun Isko muhim futbolchi va u o'zini terma uchun muhim futbolchi ekanligini xis qilgan xolda o'ynashi kerak", - degan edi Yerro 2017-yil noyabr oyida.
Oradan yarim yil o'tib Yerro terma jamoani qo'lga oldi va endilikda Isko uning o'zgartirib bo'lmas futbolchisiga aylandi. Ispaniya JCH-2018 dagi ikkala o'yinida ham "Madrid" xavbeki "qizil furiya" tarkibida to'pga teginish va to'p uzatish borasida eng yaxshi ko'rsatishga ega. Portugaliya bilan o'yinda 123 marta, Eronga qarshi o'yinda esa 138 marta jamoadoshlari Iskoga to'p oshirishmoqda. "Bu degani nima qilishni bilmasang to'pni Iskoga uzat)))))))))))))))"
Isko Portugaliyaga qarshi o'yinda 94 ta, Eronga qarshi o'yinda 103 marta jamoadoshlariga to'p uzatgan.
Bobojonov