"Bavariya" yarimhimoyachisi Tiago Alkantara La Ligaga qaytishi mumkin.
Madridliklar Mateo Kovachich jamoadan kam o'yin amaliyoti sabab ketadigan bo'lsa, uning o'rniga Tiago variantini ilgari surmoqda. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi aynan Tiago bilan yaxshi munosabatda va sevimli shogirdlaridan biri ham sanaladi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" Alkantarani 70 mln yevro evaziga sotishga tayyor, futbolchiga asosiy da'vogar "Barselona".
Bobojonov