Jahon chempionatining 2-turidan o'rin olgan Portugaliya - Marokash (1:0) bahsini boshqarib borgan hakam Mark Geyger Krishtianu Ronaldudan futbolka so'ragani haqidagi xabarlarga izoh berib o'tdi.
AQShlik hakam bu xabarni qat'iy inkor qildi va bu xabarni mish-mish deya baholadi. Shuningdek, FIFA ham Geygerning birorta futbolchidan futbolka so'ramaganiga ishonmoqda.
Hakamning Krishtianudan futbolka so'ragani haqida Marokash terma jamoasi futbolchisi Nordin Amrabat xabar tarqatgandi.