Madridning "Real" klubi yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegi yosh futbolchilar bilan ishlashni yoqtiradi va uning kelgani jamoadagi yosh futbolchilarga bir qator qulayliklar yaratishi mumkin.
Ular ichida markaziy himoyachi Xesus Valexoni alohida ko'rsatish mumkin. Zinedin Zidan qo'l ostida muntazam o'yinga ega bo'lmagan futbolchi endilikda yuqoriroq amaliyotga ega bo'lishi kutilmoqda. "Qirollik klubi" himoyachini ijaraga berishni reja qilayotgan paytida bosh murabbiy Xulen Lopetegi bu qarorga qarshi chiqdi va uni jamoada saqlab qolishga qaror qildi.
Bilasiz, Lopetegi Valexoni Rossiyada bo'lib o'tayotgan jahon chempionatga Xesus Valexoni ham asosiy jamoa bilan mashg'ulot o'tashi uchun olib ketgan edi, garchi u mundialda qatnashmaydigan bo'lsada.
Bobojonov