"Manchester Yunayted" klubi "Real" hujumchisi Alvaro Moratani qo'lga kiritish harakatidan to'xtamayapti.
The Guardian xabariga ko'ra, manchesterliklar ispaniyalik 24 yoshli futbolchi uchun taklifni 60 mln funtgacha (69 mln evro) oshirdi.
Avvalroq "Real" Moratani "MYu"ga 52 mln funtga (60 mln evro) sotmagan edi va uning uchun 90 mln evro talab qilgan edi.
Angliya klubi, agar transfer summasini asosiy qismi tez berilsa, ispan klubi transfer narxini tushirishi mumkinligiga ishonishmoqda.