"Real"ning yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegining shartnomasidagi ayrim bandlarga aniqlik kiritildi.
Ispaniya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Madridda 6 million evro yillik maosh oladi. Bu uning milliy terma jamoa boshqaruvida olgan maoshidan ikki baravar ko'p. "Real" sobiq bosh murabbiyi Zayniddin Zidanning yillik maoshi 10 million evroga teng edi.
Ma'lumot o'rnida. Yozda yangi jamoalarda ish boshlagan Unai Emeri (Arsenal) va TomasTuxel (PSJ) Lopetegiga nisbatan ko'proq maosh olishadi — 8 mln evro.
Eslatib o'tamiz, Xulen Lopetegi Ispaniya futbol federatsiyasi bilan 2020 yilgacha bo'lgan shartnomaga ega bo'la turib "Real" bilan shartnoma imzolagani uchun JCh-2018 boshlanishiga 1 kun qolganida terma jamoa boshqaruvidan iste'foga chiqarildi.