Madridning "Real" klubi yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegining shartnoma bandlari e'lon qilindi.
12-iyu kuni 51 yoshli mutaxasis bilan shartnoma imzolagan madridliklar murabbiy bilan 3 yillik shartnoma imzoladi. Sobiq Ispaniya terma jamoasi ustozining yillik maoshi 6 mln yevroga teng bo'ldi. Bu summa Lopetegining terma jamoada oladigan maoshidan ikki marta ko'p.
Eslatib o'tamiz, Lopetegi JCH boshlanishiga 1 kun qolganida iste'foga chiqarildi. Xulen qo'l ostida ispanlar 20 o'yinda biror marotaba mag'lubiyatga uchramadi (14 g'alaba va 6 durang).
Bobojonov