"Real" yarimhimoyachisi Garet Beylning agenti Jonatan Barnett "MYu" va "Chelsi" klublari qiziqayotgan mijozining kelajagi borasida madridliklar bilan muzokara o'tkazmoqchi.
"O'ylashimcha, Garet dunyoning top-3 yoki top-4 o'yinchilari qatoriga kiradi. Bundaylar esa o'ynashi kerak. Gap pulda emas.
U "Oltin to'p"ni yutishni istaydi va o'ylaymanki, bu uning qo'lidan keladi. U Britaniya tarixida eng yaxshi legioner futbolchi deb o'ylayman.
Unga Ispaniyada yashash yoqadi. Uning uch farzandi bor va uni Madridda hamma narsa qoniqtiradi. Ko'ramiz. Qaytaraman, u o'ynashi kerak.
"Arsenal" muxlisi sifatida uni Londonga borishini istardim. Ammo bu mening oyga ko'chib o'tishimday gap", - deydi agent.