Ispaniya terma jamoasi yarimhimoyachisi Isko Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning xet-triki haqida boshqa gapirishni istamasligini aytib o'tdi.
"Menga Krishtianu haqida gapirmang! Men o'sha kundan so'ng u bilan boshqa gaplashmayman. U ko'p ham jarimalardan to'p kiritavermas edi, ammo o'sha kun buni amalga oshirdi. Dastlabki ikki gol unga ishonch bag'ishladi va uchinchisini ham amalga oshirdi. Bu o'yin biz uchun juda qiyin bo'ldi, biroq o'zimizga ishonchni saqlab turdik bu bizga yordam berdi", - deydi Isko.
Bobojonov