Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu JCh-2018 guruh bosqichining 2-turi doirasida Marokashga qarshi bo'lib o'tayotgan o'yinda hisobni ochdi.
Burchak to'pi o'yinga kiritilganidan keyin Ronaldu darvozani ishg'ol qildi. Bu gol "Real" futbolchisi uchun terma jamoa libosidagi 85-gol bo'ldi.
Shu tariqa, u vengriyalik futbol afsonasi Ferents Pushkashni ortda qoldirib, terma jamoalar to'purarlari orasida sof 2-o'ringa ko'tarilib oldi. Eronlik Ali Dai bu borada rekordchi hisoblanadi — 109ta gol.