Ukrainaning «Zarya» klubi darvozaboni Andrey Lunin «Real» a'zosiga aylandi. Bu haqda "Marca" nashri xabar tarqatdi.
Ukraina terma jamoasining 19 yoshli posboni "Qirollik klubi" bilan seshanba kuni shartnoma imzolashi kutilmoqda. Luganskliklar Luninning transferi uchun 8,5 million evro oladi. "Zarya" yana qo'shimchasiga 4 mln evroni turli bonuslar sifatida olishi ko'zda tutilgan.
Darvozabon "Real" safiga dastlabki yig'in avvalida kelib qo'shiladi.