Assalomu alaykum, Mehmon!
Kirish Ro'yxatdan o'tish
" FUTBOL TV " yangiliklar !!
Cristiano Ronaldo Barcelonga o'tmoqchi....
Futbol Tv jonli efir !!!

Lopetegining «Real» bosh murabbiyi bo'lishi «Barselona» uchun nimani anglatadi?

51 yoshli mutaxassis Ispaniyani Jahon Chempionatiga olib kelgach, «Real Madrid»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. 

.
- Yuklab olish

51 yoshli mutaxassis Ispaniyani Jahon Chempionatiga olib kelgach, «Real Madrid»ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Uning nufuzli turnirdan keyin «qaymoqranglilar» boshqaruviga o'tishi Ispaniya Futbol Federatsiyasini jahlini chiqardi. Qo'li ostida «Atletiko» va «Barselona» vakillari borligini hisobga olsak, Xulen Lopetegining har bir qarori OAV va futbol jamoatchiligi tomonidan keskin tanqid qilinishi mumkin. Bu esa o'z navbatida Ispaniyaning natijalariga jiddiy ta'sir qilmasdan qolmaydi.

Milliy terma jamoaning yoshlar guruhidan boshlab tinmay mehnat qilib kelayotgan Lopetegi uchun bu omadsiz yakunlanishi mumkin. Albatta Jahon chempionati uning termaga bergan kuch-g'ayratiga munosib taqdirlanish hisoblanadi. Uning shogirdlarida yana bir karra Jahon chempioni bo'lish uchun ajoyib tarkib bor. Biroq uning kelgusi mavsumdagi rejalari barvaqt sodir bo'lgani kutilmagan hol bo'ldi

Uning «Qizil furiya» bilan erishgan natijalari maqtovga sazovor. U milliy terma jamoani «Evro-2016»da Italiyadan uchralgan mag'lubiyatdan keyin qabul qilgan edi. Bu Ispaniya qatorasiga ikkinchi bor nufuzli musobaqani erta yakunlaganidan keyin sodir bo'ldi. U faoliyati davomida qarib qolgan jamoani yoshartirish ishlarini olib bordi, to'pga egalik qilish tamoyiliga asoslangan o'yin tizimini saqlab qolgan holda, taktik o'zgarishlarni amalga oshirdi. Isko, Asensio va Saul kabi yosh iqtidor egalarini termaga taklif qilib katta muvaffaqiyatlarga erishdi desak mubolag'a bo'lmaydi. Uning boshqaruvida Ispaniya 20 o'yinni birortasida yutqazmadi. 10 ta saralash uchrashuvlarining 9 tasida g'alaba qozondi.

Bungacha Lopetegining klubdagi faoliyati «Rayo Valekano» va «Portu»da kechgan edi. U bu klublarda aralash muvaffaqiyatlarga erishdi. Uni «Real» bilan kuchli aloqalar bog'lab turadi boisi u “Qirollik klubi »da to'p surgan. Biroq u madridliklarning azaliy raqibi – «Barselona»da ham o'ynagan.

Endi nima bo'ladi?

Uning Ispaniya boshqaruvidagi faoliyatini omadli kechdi deya olamiz chunki u qo'li ostidagilarning imkoniyatlaridan maksimal tarzda foydalandi. Xalqaro arenada ular yuqori saviyasida o'ynashmoqda. Shunga qaramay, tarkibdagi top futbolchilar tufayli ishlar chappasiga ketishi mumkin.

U aftidan «Real»da tizimli o'yin uslubini joriy qilish tarafdori, biroq bu Zinedin Zidan qoldirgan meros batamom zid hisoblanadi. Maqsad to'pga egalik qilish hisoblanadi, bu esa «Real»ning kuchli yarim himoyasiga juda qo'l kelib o'yinni to'liq nazorat qilishlariga zamin yaratadi. Biroq, hujumdan beri kelmaydigan Marseloga ortga qaytish unchalik xush kelmasligi aniq.

Lopetegining klub boshqaruviga kelishidan Dani Sebalos va Marko Asensiolar katta imkoniyatni qo'lga kiritishi mumkin. Hujumdagi harakatlar ham Iskoning atrofida qurilishi ehtimoli katta. Terma jamoada ham aynan Iskoning mo''jizalaridan Lopetegi o'z hayratini yashirmayapti.

Uning tayinlanishi «Barselona»ga qanday ta'sir qiladi ?

Uning «qaymoqranglilar»da qo'llaydigan uslubi individual porlashdan ko'ra ko'proq jamoaviylikni talab qiladi. Bu degani ular La Ligada kuchliroq raqibga aylanishiga imkoniyat yaratadi.

«Real»ning La Liganing yangi mavsumida chempionlik uchun kurashi ancha jiddiy tus ...

Davomi

BestMaster
19 Iyun 2018, 19:50
lopetegining, «real», bosh, murabbiyi, bolishi, «barselona», uchun, nimani, anglatadi?,
Ulashish
Yangilik yoqdimi? Do'stlaringiz bilan ulashing:
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!
Online
© UzFIFA Group© RealFC.NET - 2017
iks
ads