"Real"ning yoshlar (U-19) jamoasi bosh murabbiyi Guti Ernandes "qaymoqranglilar" bilan shartnomani uzaytirdi.
Ispaniyalik mutaxassis endi faoliyatini "Qirollik klubi"ning bosh jamoasi tizimida davom ettiradi. Bu haqda "Marca" xabar tarqatdi. Shartnomaga muvofiq, Guti keyingi 2 yil davomida Xulen Lopetegiga yordamchilik qiladi.
Avvalroq Guti "Real" bosh murabbiyligi uchun nomzodlardan biri sifatida e'tirof etilgandi.