"Madrid" yarimhimoyachisi Isko jamoa yangi bosh murabbiyi Xulen Lopetegini qo'llab-quvvatladi.
"Agarda to'g'risini aytadigan bo'lsam, jamoa Lopetegini ketishini xotirjam qabul qildi desam xato qilgan bo'laman. Ammo jamoa o'z maqsadidan qaytgani yo'q, biz g'alabaga chanqoqmiz va g'alaba qozonishni xohlaymiz. Jahon chempionati 4 yilda bir marta bo'ladi. Shunday ekan jamoa birga bo'lib oxiragacha kurashadi.
Lopetegining "Real"ga bosh murabby bo'lgani yaxshimi? Xa, bu murabbiy qo'l ostida men ko'p yillardan beri mehnat qildim, u bilan yoshlar jamoasidan beri birgamiz. Men o'z jamoamda bosh ro'lda bo'lmagan paytlarimda ham, Lopetegi menga ishondi. U ajoyib mutaxasis", - deydi xavbek.
Eslatib o'tamiz, Xulen Lopetegi Ispaniya barcha yosh toifalarida bosh murabbiy bo'lgan va Isko bilan U-19 hamda U-21 terma jamoalarida Yevropa chempioni bo'lgan.
Bobojonov